Asosiy mazmunga o‘tish
NETTO — Germaniya visa konsalting
Germaniya · viza konsalting

Germaniyada ish yoki o‘qish — qaysi yo‘l sizga mos?

Chancenkarte bilan ish qidirishga borasizmi yoki magistraturaga topshirasizmi — birinchi suhbatda shuni aniqlab olamiz. Keyin hujjatlardan elchixonagacha birga boramiz.

Kutubxonada tayyorlanayotgan talabalar
01Tayyorgarlik
Ikki kishi stol atrofida suhbatlashmoqda
02Suhbat
Diplom ushlagan bitiruvchilar
03Natija: talaba
Ochiq ofisda ishlayotgan xodimlar
04Ish
Nemis shahrining eski ko‘chasi
05Shahar hayoti
Kafeda suhbatlashayotgan do‘stlar
06Dam olish
Brandenburg darvozasi, Berlin

100+

inson biz bilan yo‘lga chiqdi

Nega NETTO?

Nega bizga ishonishadi

  • Germaniyani yaxshi bilamiz

    Bobur Germaniyada yashagan va bu jarayonni o‘zi boshidan o‘tkazgan. Shuning uchun sizga nazariya emas, amaliy maslahat beramiz.

  • Narxlar ochiq

    Xizmat narxini birinchi suhbatdayoq aytamiz. Elchixona, tarjima va sug‘urta uchun qancha pul kerakligini ham oldindan bilib olasiz.

  • Doim aloqadamiz

    Hujjat yig‘ishdan viza olguncha bitta jamoa bilan ishlaysiz. Savolingiz bo‘lsa, Telegramda yozasiz va javob olasiz.

  • Rostini aytamiz

    Imkoniyatingiz qanday bo‘lsa, shuni ochiq aytamiz. Vizani elchixona beradi, biz esa hujjatlaringiz to‘liq va to‘g‘ri bo‘lishi uchun ishlaymiz.

Qanday yordam beramiz

Siz rejalashtirasiz, qolganida biz yordam beramiz

  • Sizga mos ro‘yxat tuzamiz

    Diplomingiz, ish tajribangiz va oilaviy holatingizga qarab aynan sizga kerakli hujjatlar ro‘yxatini beramiz.

  • Hujjatlarni tekshiramiz

    Har bir qog‘ozni topshirishdan oldin ko‘zdan kechiramiz. Tarjima, imzo va sanalar to‘g‘ri bo‘lishini kuzatamiz.

  • Muddatlarni eslatamiz

    Elchixona navbati va ZAB tekshiruvi vaqt oladi. Nimani qachon boshlash kerakligini o‘z vaqtida aytib turamiz.

  • Savollarga javob beramiz

    Guruhlardagi har xil gaplar o‘rniga o‘z holatingiz bo‘yicha aniq javob olasiz.

Xizmatlar va narxlar

  • Ish uchun

    Chancenkarte

    Diplomingiz tan olinishini tekshirishdan boshlab, elchixonaga hujjat topshirishgacha birga boramiz.

    • Ballar va moslikni baholash
    • Anabin / ZAB bo‘yicha yo‘l-yo‘riq
    • Hujjatlar, tarjima, Sperrkonto, sug‘urta
    • Viza arizasi va elchixona uchrashuvi

    2 bosqichda: 350 $ — jarayon boshida, 350 $ — elchixonaga hujjat topshirish uchun Termin olinganda.

    $700

    to‘liq paket

    Yozilish
  • O‘qish uchun

    Magistratura

    Sizga mos universitet va dasturni topamiz, arizani birga topshiramiz va talaba vizasiga tayyorlaymiz.

    • Universitet, dastur va shahar tanlash
    • Qabul talablari va hujjatlar ro‘yxati
    • Ariza topshirish va javobni kuzatish
    • Talaba vizasi va elchixona uchrashuvi

    $700

    to‘liq paket

    Yozilish
  • 20 daqiqa · onlayn

    Individual konsultatsiya

    Qayerdan boshlashni bilmasangiz, shu yerdan boshlang. Vaziyatingizni ko‘rib chiqib, aniq keyingi qadamlarni aytamiz.

    • Dastlabki baholash
    • Savollaringizga javob
    • Tavsiyalar va keyingi qadamlar
    • Google Meet yoki Telegram orqali

    200 000 so‘m

    20 daqiqa

    Vaqt tanlash

Qaysi yo‘ldan borasiz?

Yo‘nalishni tanlang va konsultatsiyaga yoziling. Hali ikkilanayotgan bo‘lsangiz ham mayli, suhbatda birga hal qilamiz.

  • Chancenkarte

    Ish qidirish uchun

    Diplomingiz yoki kasbiy ma’lumotingiz bor, Germaniyada ishlashni xohlaysiz. Bir yil davomida ishni joyida qidirasiz.

    Chancenkarte bo‘yicha yozilish
  • Magistratura

    O‘qish uchun

    Bakalavr diplomingiz bor va Germaniya universitetida o‘qishni rejalashtiryapsiz. Dastur tanlashdan vizagacha yordam beramiz.

    Magistratura bo‘yicha yozilish

Biz bilan yo‘l qanday o‘tadi

Tanishuv suhbatiga yozilish
  1. Tanishuv suhbati

    20 daqiqalik onlayn suhbatda maqsadingiz, ma’lumotingiz va til darajangizni gaplashamiz.

  2. Shaxsiy reja

    Sizga mos yo‘l va aynan sizga kerakli hujjatlar ro‘yxatini birga belgilaymiz.

  3. Hujjatlar tayyorlanadi

    Tarjima, Sperrkonto, sug‘urta, universitet arizasi — har birini tekshirib boramiz.

  4. Elchixona va viza

    Uchrashuvga yozilamiz, suhbatga tayyorlanamiz. Viza chiqqach — chipta olish qoladi.

Bobur Saydivaliyev

Asoschi

Bobur Saydivaliyev

Germaniyaga milliy viza orqali kelib, magistratura bosqichida tahsil olgan.

Germaniyada 4 yillik yashash va ta’lim olish tajribasiga ega.

Magistraturani tamomlagach, O‘zbekistonga qaytgan va keyinchalik Chancenkarte vizasi orqali Germaniyaga ish qidirish maqsadida yana kelgan.

YouTube blogi orqali Germaniyada ta’lim olish, ishlash, viza jarayonlari va kundalik hayoti haqida o‘z tajribasini ulashib kelmoqda.

YouTube videolari va individual konsultatsiyalar orqali 100 dan ortiq insonga Germaniyaga kelish va viza olish jarayonlarida yordam bergan.

NETTO Consulting — nazariy bilimlarga emas, shaxsiy tajriba va amaliy bilimlarga asoslangan konsalting xizmati.

  • 5 yillik tajriba
  • 100+ inson
  • Magistratura
  • C1 nemis tili
  • Chancenkarte
  • YouTube blog
  • Xalqaro tajriba

YouTube’da hammasini ko‘rsatamiz

Chancenkarte, hujjatlar va Germaniyadagi hayot haqida — @bobursaydivaliyev kanalida.

Germaniyaga kelish — viza va yo‘riqnomalar

  • Germaniyaga o'qishga kirish / Bakalavr & Magistratura

  • Germaniyada BEPUL o‘qish haqida to‘liq ma’lumot! Germaniyada AUSBILDUNG, BAKALAVR, MAGISTR

  • Germaniyada o‘qish yoki ishlash? Haqiqat! Qaysi yo‘l bilan ketgan yaxshi...

  • Germaniya hayoti 2025 / Hali ham Germaniyaga borish arziydimi? O‘qish, ishlash, yashash!

Germaniyada hayot — Lifestyle

  • Germaniyada oziq-ovqat narxlari, masjid, sport va Yalda bayrami 🇩🇪

  • Germaniyada chiqindilarni ajratish 🇩🇪 / Bepul buyumlar / Do‘konda eng arzon mahsulotlar / Sirli quti

  • Germaniyada hayot: uy narxlari, osh pishirdik, zavodda ish, Work & Travel, tarixiy poyezd, yugurish!

  • Germaniyada darslar, imtihon, kursdoshlar, sport, ish, bazm

Mijozlarimiz nima deydi

  • YouTube videolari va individual konsultatsiya menga katta yordam berdi. Dastlab hujjatlarni tayyorlash jarayoni juda sekin ketayotgan va ko‘plab keraksiz hujjatlarni yig‘ayotgan edim. Aniq maslahatlar tufayli jarayon ancha tez va oson kechdi. Hozir Potsdamda magistratura bosqichida tahsil olyapman.

    Nazira

    Magistratura | Potsdam, Germaniya

  • Individual konsultatsiya orqali qaysi talablarga ko‘proq e’tibor qaratishim kerakligini tushundim. Nemis tilini o‘rganishga jiddiy kirishib, B1 sertifikatini oldim. Hujjatlarni tayyorlash va ish vizasiga ariza topshirish bo‘yicha maslahatlar katta yordam berdi. Hozir Germaniyada servis mexanigi sifatida ishlayapman.

    Muslim

    Ish vizasi | Servis mexanigi

  • Chancenkarte uchun hujjatlarni birgalikda o‘rgandik va tayyorladik. Ariza topshirganimdan keyin qo‘shimcha hujjatlar so‘raldi va jarayon cho‘zildi. To‘g‘ri yozishmalar va maslahatlar orqali muammolarni hal qildik. Natijada 6 oylik Chancenkarte vizasini olib, Germaniyaga ish qidirish uchun keldim.

    Alisher

    Chancenkarte | 6 oylik viza

  • YouTube videolari va individual konsultatsiya orqali universitet, shahar tanlash, viza olish va turar joy topish haqida ko‘plab foydali ma’lumotlar oldim. Olti oy ichida Germaniyaga magistratura uchun keldim. Eng foydali maslahat — ta’lim ingliz tilida bo‘lsa ham, nemis tilini oldindan o‘rganish edi. Bu o‘qish davomida ishlash imkoniyatlarimni kengaytirdi.

    Ulug‘bek

    Magistratura | Germaniya

  • Dastlab Germaniyaga tayyorlov kursi orqali kelishni rejalashtirgan edim. Individual konsultatsiya orqali O‘zbekistonda bir yil o‘qiganimdan keyin bakalavriatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirish imkoniyatlarini o‘rgandik. Universitet bilan yozishmalar, talablarni tekshirish va hujjat topshirish bo‘yicha maslahatlar juda foydali bo‘ldi. Natijada Halle universitetida bakalavriat bosqichida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldim.

    Shohruh

    Bakalavriat | Halle, Germaniya

Ko‘p beriladigan savollar

Javob topa olmasangiz, savolingizni yuboring: operator javob beradi.

Viza olishni kafolatlab berasizmi?

Yo‘q. Biz hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash, xatolarning oldini olish va viza jarayonida amaliy yordam beramiz. Viza berish bo‘yicha yakuniy qarorni elchixona yoki tegishli migratsiya idorasi qabul qiladi.

Konsultatsiya vaqtini o‘zgartirish yoki pulni qaytarish mumkinmi?

Konsultatsiya vaqtini kamida 48 soat oldin o‘zgartirish mumkin. Mijoz konsultatsiyani bekor qilsa yoki qatnashmasa, majburiy qaytarish holatlaridan tashqari, to‘lov qaytarilmaydi. Agar konsultatsiya biz tomondan bekor qilinsa, mablag‘ to‘liq qaytariladi.

To‘liq konsalting xizmati qanday amalga oshiriladi?

Dastlab individual konsultatsiya o‘tkaziladi. Talablarga mosligingiz aniqlangach, shartnoma tuziladi, kerakli hujjatlar birgalikda tayyorlanadi va ariza topshiriladi. Viza natijasi chiqquncha jarayon davomida yordam beramiz. To‘lov tartibi shartnomada belgilanadi.

To‘liq konsalting xizmati qancha turadi va nimalarni o‘z ichiga oladi?

Chancenkarte va magistratura yo‘nalishlarining har biri uchun xizmat narxi — 700 USD. Xizmat nomzodning imkoniyatlarini baholash, hujjatlarni tayyorlash, diplomni tekshirish yoki universitet tanlash, Sperrkonto, sug‘urta, ariza topshirish va elchixona jarayonlarida boshidan oxirigacha yordam berishni o‘z ichiga oladi. Tarjima, elchixona yig‘imi, sug‘urta va boshqa uchinchi tomon xarajatlari alohida to‘lanadi.

Magistraturaga topshirish uchun qanday talablar mavjud?

Bakalavr diplomi, tanlangan yo‘nalishga mos mutaxassislik, til bilish sertifikati va universitetning akademik talablariga moslik. Talabalik vizasi uchun moliyaviy ta’minotni ham tasdiqlash kerak. Talablar universitetga qarab farq qiladi.

Germaniyada magistratura bepulmi?

Germaniyaning ko‘plab davlat universitetlarida magistratura uchun kontrakt to‘lovi mavjud emas. Odatda faqat semestr yig‘imi to‘lanadi. Ingliz va nemis tillarida ta’lim olish imkoniyati mavjud.

Chancenkarte nima va kimlar uni olishi mumkin?

Chancenkarte — malakali mutaxassislarga Germaniyaga kelib, 12 oygacha ish qidirish va haftasiga 20 soatgacha ishlash imkoniyatini beruvchi viza. Oliy ma’lumot yoki tegishli kasbiy malakaga ega, belgilangan talablarga javob beruvchi insonlar ariza topshirishlari mumkin.

Individual konsultatsiya qanday o‘tadi?

20 daqiqalik onlayn suhbat davomida sizning holatingiz, imkoniyatlaringiz va Germaniyaga kelish talablariga mosligingizni baholaymiz. Savollaringizga javob beramiz, keyingi qadamlarni tushuntiramiz hamda kerakli havola va manbalarni yuboramiz.

Konsultatsiya narxi qancha va qanday yozilaman?

Individual konsultatsiya narxi — 200 000 so‘m. Sayt yoki Telegram bot orqali o‘zingizga qulay sana va vaqtni tanlaysiz. To‘lov tasdiqlangach, konsultatsiya vaqti siz uchun band qilinadi.

Chancenkarte uchun Sperrkonto nima va qancha mablag‘ kerak?

Sperrkonto — Germaniyada yashash xarajatlaringizni qoplash uchun ochiladigan bloklangan bank hisobi. 2026-yil uchun talab: • 1 oy — 1 091 € • 6 oy — 6 546 € • 12 oy — 13 092 € Bu viza uchun to‘lov emas, balki Germaniyada yashash davomida o‘zingiz foydalanadigan mablag‘dir. Moliyaviy ta’minotni boshqa ruxsat etilgan usullar orqali ham tasdiqlash mumkin.

Konsultatsiyaga yozilish

Qulay kun va vaqtni tanlang, ma’lumotlaringizni qoldiring va karta orqali to‘lang. Operator to‘lovni tekshirib, buyurtmangizni tasdiqlaydi.